Iroqda xalqaro koalitsiya kuchlarining harakatlanishiga cheklov qo‘yildi
Iroqda xorij qo‘shinlarini chiqarib yuborishga mexanizmiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mamlakat hududida xalqaro koalitsiyaning yerusti va havo kuchlari harakatlanishi cheklandi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligi vakili general Abdul Karim Xalaf ma'lum qildi.
"Iroq hukumati mamlakat hududidan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishi mexanizmini tayyorladi. Xalqaro koalitsiyaning faoliyati faqatgina maslahat berish, qurol yetkazish va Iroq qo‘shinlarini tayyorlash bilan cheklanadi, uning qurolli kuchlari esa chiqib ketadi", dedi u.
Xalafning so‘zlariga ko‘ra, hukumat xalqaro kuchlarning yer va havodagi harakatiga cheklov qo‘ygan.
"Ularga qandaydir harakatlar qilish taqiqlandi", dedi Xalaf.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Iroq qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligini xabardor qilmasdan alohida operatsiyalar o‘tkazgan.
"Amerikaning yaqinda bergan zarbalari ahmoqlik", dedi u va AQSh tomonidan o‘ldirilgan eronlik general Qosim Sulaymoniy "Iroqning mehmoni" bo‘lganligini ta'kidladi.
"Sulaymoniyning bu yerda bo‘lishi Iroqning ichki ishi edi", - dedi Xalaf.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024