AQShning B-52 bombardimonchi samolyotlari Eronga yaqin orol hududiga joylashtirildi
AQShning Luizina shtati "Barksdeyl" aviabazasidagi oltita B-52 strategik bombardimonchi samolyoti Hind okeanidagi Diyego-Garsiya oroliga keltirildi, deb xabar berdi Fox News.
Telekanalning bildirishicha, baza Eronning janubiy chegarasidan 3700 kilometr masofada joylashgan.
JAN 06: USAF B-52Hs MYTEE51 & 52 departed Barksdale AFB for Diego Garcia in the Indian Ocean due to #Iran tensions. pic.twitter.com/2PgkMMnAXw
— Aircraft Spots (@AircraftSpots) January 7, 2020
Xabar qilinishicha, har bir bombardimonchi samolyot sakkizta dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, ko‘p miqdorda qurol, qanotli raketalar, lazer boshqaruvli bombalar va gravitatsion atom bombalarini tashishga mo‘ljallangan.
3 yanvar kuni Bag‘doddagi aeroportda amerikalik harbiylarning aviazarbasi oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy o‘ldirildi.
Rasmiy Tehron generalning o‘limi uchun Vashingtondan qasos olinishini ma'lum qildi.