Fan-texnika | 12:44 / 08.01.2020
36070
2 daqiqa o‘qiladi

Hali biror kishining halok bo‘lishiga olib kelmagan mashina ma'lum qilindi 

Foto: Volvo

Britaniyalik avtoekspertlar oxirgi 15 yil davomida yo‘l-transport hodisasiga uchragan vaqtda hali biror kishining halok bo‘lishiga olib kelmagan mashinani ma'lum qilishdi. 

Aniqlanishicha, bunday mustahkam va xavfsiz mashinani Volvo brendi yaratishga muvaffaq bo‘lgan va bu Volvo XC90 modelidir. Ushbu model yo‘llarda 2002 yilda paydo bo‘lgan va shuncha vaqtdan beri u ishtirokidagi birorta yo‘l-transport hodisasi inson o‘limi bilan tugamagan. 

Bunga esa mashina noyob funksiya – xavfli vaziyatlarda xavfsiz avtomatik tormozlash tizimi bilan jihozlangani sabab hisoblanadi. Mashina bu funksiya bilan eng og‘ir vaziyatlarda ham odamlar hayotini saqlab qoladi.

Volvo XC90 yo‘ltanlamasi 2002 yildan beri ishlab chiqariladi. Mashina 2003 yilda Euro NCAP sinovi vaqtida haydovchi ham, yo‘lovchilar ham to‘liq xavfsizlikda bo‘lishlarini ko‘rsatgan. Ularning himoyalanganlik darajasi 97 foizga yetgan.

Shuningdek, Euro NCAP 2016 yilda ushbu modelni “Katta yo‘ltanlamas” toifasida yuqori xavfsizlik ko‘rsatkichlari uchun mukofotlagan.

Mavzuga oid