Putin va Erdo‘g‘an «Turk oqimi» gaz quvurini rasman ishga tushirishdi
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 8 yanvarda «Turk oqimi» gaz quvurini rasman ochishdi.
Ikki yetakchi Istanbulda gaz quvurini ishga tushirish marosimida ishtirok etishdi. Tantanali marosimda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov ham ishtirok etgan.
Putin o‘z nutqida gaz quvurining ochilishi nafaqat Rossiya va Turkiya, balki butun Yevropa qit'asi uchun muhim voqea ekanini qayd etib o‘tgan.
Putin i Erdogan ofitsialno zapustili gazoprovod "Turetskiy potok" pic.twitter.com/o1N60n1rKm
— Kremlevskiy pul RIA (@Kremlinpool_RIA) January 8, 2020
“Turk oqimi” Rossiya va Turkiyaning oxirgi yillardagi eng yirik energetik loyihalaridan biri hisoblanadi.
“Turk oqimi” loyihasi har birining quvvati 15,75 mlrd kubmetr gazni tashkil qiluvchi ikkita quvurdan iborat bo‘lib, birinchisi Rossiya gazini turkiyalik iste'mochilarga, ikkinchisi esa Janubiy va Janubi-Sharqiy Yevropa aholisiga yetkazishga mo‘ljallangan.
Rossiya gazi “Turk oqimi” bo‘ylab 1 yanvardan Bolgariyaga, 5 yanvardan esa Bolgariyadagi yangi kompressor stansiyasidan Shimoliy Makedoniya va Gretsiyaga yetkazila boshlandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, har bir quvurning uzunligi 930 kmni tashkil qiladi. Ularning har biri uchun diametri 81 smlik va og‘irligi 9 tonnalik 75 mingdan ko‘proq quvur ishlatilgan. Quvurlar yotqizilishi maksimal chuqurligi 2,2 ming metrni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54 / 25.12.2024