Tramp AQSh Erondagi tuzumni o‘zgartirishga intilmayotganini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Viskonsin shtatida tarafdorlari oldidagi nutqida AQSh o‘z oldiga Erondagi tuzumni o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘ymagani, biroq ushbu mamlakatdagi namoyishlar ortidan sinchkovlik bilan kuzatayotganini aytdi.
“Shu onlarda eronliklar avval kuzatilmagan ko‘p sonda ko‘chalarga chiqdilar. Ular tuzum qatag‘onlariga qarshi norozilik bildirishmoqda va yaxshiroq kelajakni talab qilishmoqda, buyuk insonlar. Xalq Eron o‘lim, zo‘ravonlik va urush urug‘ini sochish uchun uni talayotganini ko‘rishdan charchagan”, deb aytgan Tramp o‘z nutqida.
“Men Eron hukumatini zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik yoki biror namoyishchini o‘ldirmaslikdan ogohlantiraman, butun dunyo sizni kuzatmoqda. Biz Eron xalqini ozodlik uchun kurashida qo‘llab-quvvatlaymiz. Aqlbovar qilmas hodisa yuz bermoqda”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti. Uning ta'kidlashicha, minglab namoyishchilar Eron hukumatining jabr-zulmi qurboniga aylangan.
2019 yil noyabrda Eronda benzin narxi oshishiga qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tgandi. Oxirgi kunlarda Eronda 8 yanvarda Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti eronlik harbiylar tomonidan yanglish tarzda urib tushirilgani bilan bog‘liq norozilik namoyishlari o‘tmoqda.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04