Jamiyat | 12:17 / 17.01.2020
21673
3 daqiqa o‘qiladi

Saratovdagi YTHda halok bo‘lgan va jarohatlangan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e'lon qilindi 

Foto: Rossiya FVV

Joriy yilning 16 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 07:20da Rossiya Federatsiyasi Saratov oblasti Tatishev rayoni hududida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Tashqi ishlar vazirligi, uning hududiy konsullik xizmati xodimlari tomonidan voqeaga aniqlik kiritish maqsadida, o‘zaro ma'lumotlar almashinuvini olib borildi. 

Unga ko‘ra, joriy yilning 16 yanvar kuni mahalliy vaqti bilan soat 08:20da Rossiya Federatsiyasi Saratov oblasti Tatishev rayoni hududidan o‘tuvchi federal ahamiyatga ega bo‘lgan R-158 «Nijniy Novgorod-Arzamas-Saransk-Issa-Penza-Saratov» avtomobil yo‘lining 580 km.da Polchaninovka aholi yashash punktidan 30 km. shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda «Volga-GAZ-3110» avtomobili hamda HYUNDAI miniven avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Buning oqibatida, jami 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Shulardan 4 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Vafot etgan fuqarolarning ikki nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. Shuningdek, 5 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan Saratov shahar viloyat klinik kasalxonasiga yotqizilganlar. Ularning 3 nafari o‘zbekistonlik.

Yo‘l-transport hodisasi konsullik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi:

Vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:

Boltabayev Nodir, 1979 y.t. (Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida istiqomat qilgan).
Sobirov Sardorbek, 1997 y.t. (Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida istiqomat qilgan).

Tan jarohati olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:

Muxamedova Gulorom, 1968 y.t. (Samarqand viloyati Samarqand shahrida istiqomat qiladi).
Ibatov Sunnat, 1989 y.t. (Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida istiqomat qiladi).
Balliyev Isa, 1998 y.t. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida istiqomat qiladi).

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, vafot etgan fuqarolarning qarindoshlariga xabar berish va jasadlarini «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK aviatransporti orqali O‘zbekistonga olib kelish hamda tan jarohati olgan fuqarolarga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borilmoqda, deyiladi FVV ma'lumotida.

Mavzuga oid