O‘zbekiston | 10:30 / 21.01.2020
31214
9 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolikni yo‘qotish tartibida jiddiy o‘zgarish kutilyapti. Konsullik mansabdorlariga yangi vakolat beriladi

Foto: KUN.UZ

Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlanadi.

Yo‘riqnoma loyihasida aytilishicha, xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinishi lozim.

O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yoki vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olish mazkur fuqarolar turgan konsullik okrugi hududiga tegishli bo‘lgan konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston konsullik muassasalari tomonidan konsullik ro‘yxatiga olish tartib-taomili O‘zbekiston fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning interaktiv xizmatlar saytidagi elektron arizasi asosida muvofiq shakllar bo‘yicha (elektron anketani to‘ldirishning imkoni bo‘lmaganda muvofiq shakllar bo‘yicha) rasmiylashtiriladigan elektron ro‘yxat varaqasini yuritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy konsullik hisobiga olish uchun konsullik yig‘imlari, mazkur konsullik harakatini amalga oshirilganligi bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undiriladi.

16 yoshga to‘lmagan bolalarga konsullik yig‘imlarini olmagan holda alohida elektron ro‘yxat varaqasi to‘ldiriladi.

16 yoshga to‘lmagan bolalarning nobiometrik pasporti, biometrik pasporti, xorijga chiqish biometrik pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjati bo‘lmaganda, shuningdek ota-onasining yoki ulardan birining nobiometrik pasportiga yozilgan holda xorijga chiqib ketgan shaxslar bo‘lganda hisobga olish ularning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.

Doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobiga olingandan keyin hisob ma'lumotlariga o‘zgartirishlar (familiya, ism, otasining ismini, yashash manzilini o‘zgartirish va h.) kiritilganda elektron ro‘yxat varaqalariga tegishli qaydlar va qo‘shimchalar qilinadi.

Quyidagi hollarda fuqaro konsullik ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin:

doimiy yashash joyining o‘zgarishi;

vaqtincha turish muddatining tugashi;

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi (fuqaroligini yo‘qotishi);

vafot etishi;

O‘zbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yashash joyining o‘zgarishi munosabati bilan, shuningdek ish, o‘qish, xizmat safari va o‘z oilasi bilan qaytadan qo‘shilish munosabati bilan boshqa davlatdagi boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga olti oydan ortiq muddatga ko‘chib o‘tganda avvalgi turgan joyidagi (doimiy, vaqtincha) konsullik ro‘yxatidan chiqishi va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq yangi turar joyi bo‘yicha konsullik muassasasida ro‘yxatga turishi lozim.

O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobidan chiqish uchun muvofiq shakl bo‘yicha ariza to‘ldiradilar va shaxsan yoki vakolatli shaxs orqali konsullik muassasasiga murojaat qiladilar. Shaxsan kelishning imkoni bo‘lmaganda, qayd etib o‘tilgan ariza konsullik muassasasiga pochta yoki elektron pochta manzili orqali konsullik mansabdor shaxsini xabardor qilish va bunday xabarnoma kelib tushgani tasdig‘ini olish sharti bilan yuborilishi mumkin.

Konsullik ro‘yxatidan chiqarishda konsullik mansabdor shaxsi tomonidan arizachining ro‘yxat varaqasiga (elektron ro‘yxat varaqasiga) tegishli yozuv kiritiladi va uning pasportiga ro‘yxatdan chiqarilganlik to‘g‘risida shtamp, konsullik muassasasining gerbli muhri va konsullik mansabdor shaxsining imzosi qo‘yiladi.

Konsullik ro‘yxatidan chiqarish arizachiga (interaktiv xizmatlar sayti orqali konsullik hisobiga turgan shaxslar uchun) keyin tegishli xabarnomani elektron pochta manziliga yuborish bilan elektron shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yashash joyining o‘zgarishi munosabati bilan, shuningdek ish, o‘qish, xizmat safari va o‘z oilasi bilan birlashish munosabati bilan boshqa davlatdagi boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga olti oydan ortiq muddatga avvalgi turgan joyidagi (doimiy, vaqtincha) konsullik ro‘yxatidan chiqmay ko‘chib o‘tganda, ular yangi turar joyi bo‘yicha konsullik muassasasiga murojaat qilganda konsullik mansabdor shaxsi uni muvofiq shakldagi ariza asosida uning pasportiga faqat ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi shtampni (gerbli muhrdan foydalanmay) qo‘yish yo‘li bilan uni konsullik ro‘yxatidan chiqaradi va konsullik ro‘yxatiga kiritadi.

Shaxsning konsullik ro‘yxatidan chiqarilgani to‘g‘risidagi xabarnoma uning avval turgan konsullik muassasasiga konsullik mansabdor shaxsi tomonidan mazkur konsullik harakati amalga oshirilgan kunda (konsullik muassasasining elektron pochtasi yoki boshqa texnik aloqa vositalari orqali) yuboriladi. Arizachi konsullik ro‘yxatiga qo‘yilganining haqiqiyligiga shubhalar paydo bo‘lganda konsullik mansabdor shaxsi u avval ro‘yxatda turgan konsullik muassasasi bilan elektron pochtasi yoki boshqa texnik aloqa vositalari orqali bog‘lanib tekshirishi mumkin.

Mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan konsullik ro‘yxatidan chiqarish va unga kiritish tartib-taomili bir davlat hududi chegarasida boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga ko‘chib o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham taalluqli bo‘ladi. Bunday holatda arizachilardan konsullik yig‘imlari va amaldagi haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar olinmaydi.

Fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan hollarda ular konsullik ro‘yxatidan chiqish uchun Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat qiladilar.

Xorijda doimiy yashovchi yoki vaqtincha turuvchi O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatiga (doimiy, vaqtincha) qo‘yish uchun ariza berish tartib-taomili interfaol xizmatlar sayti vositasida masofadan ham amalga oshirilishi mumkin.

Xorijga vaqtincha yashash uchun chiqib ketgan va u yerda qonuniy ravishda yashayotgan va xorijda doimiy yashashga qaror qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kelgusida doimiy konsullik ro‘yxatiga qo‘yish bilan xorijiy davlatda doimiy yashashga qolish uchun turgan mamlakatidan chiqmay tegishli konsullik muassasasiga murojaat qilishi mumkin. Mazkur tartib-taomil Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston fuqarolariga O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari, Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3-bobi bilan tartibga solinadi.

Turgan mamlakatda konsullik muassasasi bo‘lmaganda fuqaro uning turgan mamlakati kiruvchi konsullik okrugining konsullik muassasasiga murojaat qiladi.

Xorijda doimiy yashovchi va uch yil davomida doimiy konsullik ro‘yxatiga turmagan O‘zbekiston fuqarosi konsullik muassasasiga murojaat qilganda konsullik muassasasi rahbari (konsullik muassasasi rahbari bo‘lmaganda boshqa konsullik mansabdor shaxsi) yoki diplomatik vakolatxona rahbari O‘zbekiston fuqarosi doimiy konsullik ro‘yxatiga o‘z vaqtida turmaganligi sabablari uzrli ekanini aniqlaydi.

Konsullik muassasasi rahbari (konsullik muassasasi rahbari bo‘lmaganda boshqa konsullik mansabdor shaxsi) yoki diplomatik vakolatxona rahbari O‘zbekiston fuqarosining doimiy konsullik ro‘yxatiga o‘z vaqtida turmagani sabablarini uzrli deb topmasa, konsullik muassasasi qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu shaxsning O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotish bo‘yicha materiallar tayyorlaydi va ularni TIVga yuboradi.

Mavzuga oid