Jahon | 14:34 / 22.01.2020
8899
1 daqiqa o‘qiladi

Karlos Gon Nissan 2-3 yil ichida bankrot bo‘lishini aytdi

Foto: REUTERS / Mohamed Azakir

Nissan kompaniyasi sobiq rahbari Karlos Gon kompaniya ikki-uch yil ichida bankrot bo‘lishini taxmin qilmoqda, dedi Gonning advokatlaridan biri Nobuo Goxara.

Goxaraning aytishicha, u Gon Yaponiyadan qochib ketishidan ikki oy oldin besh marta uchrashgan, ular Gonning hibsga olinishi va buning oqibatlarini muhokama qilishgan.

"Gon Nissan yaqin ikki-uch yil ichida bankrot bo‘lishini aytgan", - dedi Goxara. 

Goxara Gon to‘g‘risida kitob chiqarish uchun ma'lumot to‘plagan. Ularning oxirgi uchrashuvi Nissan sobiq rahbarining qochib ketishidan ikki-uch kun avval bo‘lgan.

Tokioda uy qamog‘ida bo‘lgan Gon dekabr oxirida Yaponiyadan Livanga qochib ketgandi. 

Mavzuga oid