Koronavirus sababli Honda’ning Xitoydagi zavodi ishini to‘xtatdi
Yaponiyaning Honda Motor avtokonserni koronavirus tarqalishi sababli Shanxay yaqinidagi mototsikllar ishlab chiqaruvchi ikkita zavodi ishini to‘xtatdi, deb xabar berdi «Asaxi» gazetasi.
Xabarda aytilishicha, Honda yiliga 850 ming donaga yaqin mototsikl ishlab chiqariluvchi ushbu zavodlarida mahsulot ishlab chiqarishni 10 fevralgacha to‘xtatishga qaror qilgan.
Ayni vaqtda Yaponiyada muqaddam Uxanda bo‘lmagan 60 yoshli erkak virusdan zararlangani ma'lum qilindi. Taxminlarga ko‘ra, sayyohlik avtobusining haydovchisi bo‘lgan bu shaxs virusni uxanlik bir guruh sayyohlardan yuqtirgan. Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi vakili buni tasdiqladi. Yaponiyada jami olti kishi koronavirus yuqtirgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusning yangi turi keltirib chiqargan pnevmoniyadan 106 kishi vafot etgan, shuningdek, 4500dan ortiq odam virusni yuqtirib olgan.
Mavzuga oid
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
10:56 / 26.05.2023
Honda Elite II biznes-jyetini taqdim etdi, u soatiga 782 km tezlikda ucha oladi
18:11 / 22.10.2022
Honda tarixi: Velosiped ta’mirlovchi usta jahonga mashhur kompaniyaga qanday asos solgandi?
10:14 / 13.05.2022