Sport | 20:10 / 03.02.2020
12463
1 daqiqa o‘qiladi

Erkin kurash bo‘yicha uch karra jahon chempioni Maxov organizmida doping aniqlandi

Maxov erkin kurash bo‘yicha uch karra jahon va bir marta Yevropa chempioni hisoblanadi, u shuningdek, grek-rim va erkin kurash bo‘yicha Rossiya chempioni.

Foto: globallookpress

Doping-test natijasida rossiyalik kurashchi Bilyal Maxov organizmida bo‘y o‘stirish gormoni borligi aniqlandi. Bu haqda Rossiya sport kurashi federatsiyasi prezidenti Mixail Mamiashvili ma'lum qildi.

«Maxov doping qabul qilganligi aniqlandi. Bu haqda rasmiy ma'lumot olganimdan so‘ng u bilan uchrashdim», — dedi Mamiashvili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Maxov organizmida bo‘y o‘stirish gormoni mavjud bo‘lishi ehtimolini inkor qilmagan. Sportchi buni turmush o‘rtog‘i tarkibida taqiqlangan modda bo‘lgan dorilar qabul qilishi, doping sinovni esa erta tongda uyida olishgani bilan izohladi.

Maxov erkin kurash bo‘yicha uch karra jahon va bir marta Yevropa chempioni hisoblanadi, u shuningdek, grek-rim va erkin kurash bo‘yicha Rossiya chempioni. 32 yoshli sportchi 2012 yilgi Olimpiadada kumush medal olgan.

Mavzuga oid