O‘zbekistonda 1 000 000 AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurani sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Namangan viloyati Uychi tumanida 1 mln AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurani sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda mahkama jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov
Tadbir davomida fuqaro S.L. boshqa fuqaroning ishonchiga kirib uni aldab, xorijiy banklardan kredit olib berish va o‘zining 1 mln. AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurasini sotish evaziga, undan firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Bank ma'lumotiga ko‘ra, 1 000 000 AQSh dollarlik banknota suvenir sifatida chiqarilganligi, qonuniy to‘lov vositasi hamda valuta qimmatligi hisoblanmasligi ma'lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan S.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:12
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 900 so‘mdan oshdi
09:49 / 17.12.2024
Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘ladi? – prognozlar
16:38 / 14.12.2024
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 890 so‘mdan oshdi
19:16 / 12.12.2024