Sport | 17:06 / 09.02.2020
11777
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyalik 20 yoshli yengil atletikachi langarcho‘pga tayanib sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

20 yoshli shvetsiyalik sportchi 2014 yilda fransiyalik Reno Lavilleni tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. 

Foto: AFP/Getty Images

Shvetsiyalik yengil atletikachi Arman Dyuplantis Polshaning Torun shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada langarcho‘pga tayanib sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (XeAFA) xabar berdi.

Sportchi 6 metr 17 sm balandlikni zabt etdi. Shu tarzda, 20 yoshli shvetsiyalik sportchi 2014 yilda fransiyalik Reno Lavilleni tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi.

Dyuplantis birinchi urinishda 5,72 m, 5,92 m va 6,01 m ko‘rsatkichga erishdi. Ammo ikkinchi urinishda u jahon rekordini o‘rnata oldi.  

XeAFAning qayd etishicha, u yetti yoshidan o‘z yosh guruhida rekordlar o‘rnatishni boshlagan.

«Hovlimizda kichkinaligimda sakrashni boshlaganimdanoq hammadan zo‘r bo‘lishni – jahon rekordi o‘rnatishni istardim. Buni qanday tushuntirishni bilmayman, ammo uch yoshimdan bunga erishishga urinishni boshlaganman», — dedi sportchi.

Mavzuga oid