Jahon | 23:07 / 10.02.2020
10528
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning Jambil oblasti rahbari tartibsizliklardan keyin o‘zgartirildi

Qozog‘iston prezidenti qozoqlar va do‘ngonlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan Jambil oblasti akimini (hokimi) o‘zgartirishga qaror qildi. Bu lavozimni bosh vazir o‘rinbosari Berdibek Saparbayev egalladi.

© AP Photo/Vladimir Voronin

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning tegishli farmoni prezident saytida e'lon qilingan

Shu farmon bilan Saparbayev bungacha egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Prezidentning yana bir farmoni bilan Asqar Mirzaxmetov Jambil oblasti akimi lavozimidan ozod etilgan.

Berdibek Saparbayev. Foto: Akorda

9 fevralda 67 yoshini qarshilagan Saparbayev 2019 yil avgustdan beri bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan. U, shuningdek, 2014-2015 yillarda ham ushbu lavozimda ishlagan. 

Shuningdek, prezident farmoni bilan Masanchi qishlog‘i joylashgan Korday rayoni akimi va politsiya bo‘limi boshlig‘i, Jambil oblasti akimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va politsiya departamenti boshlig‘i faoliyatlarida yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklar uchun ishdan olingan.

7 fevral kuni kechqurun Jambil oblasti Masanchi qishlog‘ida qozoqlar va do‘ngonlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqandi. Uning oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 130 dan ko‘proq odam jarohat olgan.

Mavzuga oid