Jamiyat | 10:00 / 20.02.2020
8390
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda katta miqdordagi giyohvandlik vositalari sotuviga chek qo‘yildi

Surxondaryo viloyatida katta miqdordagi giyohvandlik vositalari sotilishiga chek qo‘yildi

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 13 fevral kuni taxminan soat 22:30larda IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida 52 yoshli Sh.X. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina Jarqo‘rg‘on tumani hududida to‘xtatib tekshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, unda avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro 53 yoshli B.Sh.ning yonidan umumiy og‘irligi 792,60 gr.ga teng “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Bundan tashqari, B.Sh.ning ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 14 fevral kuni  Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, B.Sh. o‘zining tanishlari, Tojikiston Respublikasi fuqarolari 37 yoshli X.D., va 51 yoshli A.I.dan sof og‘irligi 1,10 kg. bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini jami 3.000 AQSh dollari evaziga sotib olayotganida ushlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid