Milliarder Uorren Baffett dunyodagi eng yaxshi biznesni ma'lum qildi
Berkshire Hathaway kompaniyasi rahbari va milliarder Uorren Baffett CNBC telekanaliga intervyusida Apple korporatsiyasini “ehtimol, u ko‘rgan dunyodagi eng yaxshi biznes” deb atadi.
Sarmoyachining aytishicha, u bu kompaniyani nafaqat Berkshire Hathaway egalik qiladigan aksiyalar (kompaniya Apple’ning 5,5 foiz aksiyasiga ega), balki shaxsiy biznesi sifatida qabul qiladi. “Bu aqlbovar qilmas kompaniya. Men uni avvalroq munosib baholashim kerak edi”, deb aytgan Baffett.
Milliarder yaqinda o‘zining Samsung telefonini iPhone’ning oxirgi versiyasiga almashtirganini tan olgan. Baffettning ta'kidlashicha, unga yaqinda bir nechta smartfon sovg‘a qilishgan. Ulardan birini Apple bosh direktori Tim Kuk sovg‘a qilgan. Milliarderning aytishicha, u aksariyat odamlar kabi gadjetning hamma imkoniyatlaridan foydalanmay, uni ko‘proq qo‘ng‘iroq qilish uchun ishlatadi.
Baffett o‘z intervyusida Xitoyda koronavirus epidemiyasiga ham izoh berib, u sarmoyachilarning aksiyalar bo‘yicha qabul qiladigan qarorlariga ta'sir qilmasligi kerakligini aytgan. “O‘ylashimcha, bu siz aksiyalar bilan bajarayotgan harakatlarga ta'sir qilmaydi, biroq insoniylik nuqtayi nazaridan, bu dahshatli narsadir”, deb ta'kidlab o‘tgan milliarder.
Baffett koronavirusning o‘z kompaniyasiga ta'siri haqida to‘xtalib, yuz berayotgan voqealar kompaniyaga ta'sir qilmasligini aytgan. “Biz biznesni unga 20 yoki 30 yil egalik qilish uchun sotib olamiz. Fikrimizcha, 20 yoki 30 yillik prognoz koronavirus sababli o‘zgarmadi”, deb qo‘shimcha qilgan Baffett.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
00:31 / 18.12.2024
Kongo Appleʼni noqonuniy qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda aybladi
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
19:56 / 13.12.2024