Jahon | 16:13 / 28.02.2020
9708
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Yevropaga qochqinlar oqimini boshqa ushlab turmaslikka qaror qildi - OAV

Turkiya Suriyaning Idlib viloyatiga berilgan aviazarba oqibatida turk harbiylari halok bo‘lgandan keyin Yevropaga suriyalik migrantlar oqimini boshqa ushlab turmaslikka qaror qildi. 

Foto: Reuters

Bu haqda Turkiya hukumatidagi yuqori lavozimli amaldorga tayangan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, ushbu qaror Idlibdagi hujumdan keyin 27 fevral kechki payt Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligida o‘tgan tezkor yig‘ilishda qabul qilingan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Idlibda vaziyat keskinlashgandan keyin qochqinlar oqimi ko‘payishi mumkinligi ortida turk politsiyasi, sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati va chegara xizmati suriyalik muhojirlarni quruqlikdagi va dengizdagi chegara punktlarida ushlab qolmaslikka ko‘rsatma olgan.  

Ta'kidlanishicha, ushbu xabarlardan keyin Suriya, Pokiston, Eron va Iroqdan bo‘lgan qochqinlar Turkiyaning Yevropa bilan chegaralari tomon harakatlana boshlashgan. 

O‘z navbatida Yevropa Ittifoqi matbuot kotibi Piter Stanoning ma'lum qilishicha, Yevropa Ittifoqi Turkiyadan migratsiya siyosatini o‘zgartirgani haqida ogohlantirish olmagan. 

Suriyalik qochqinlar ayni vaqtda turli davlatlarda kun kechirishmoqda, ulardan eng ko‘pi Suriya bilan qo‘shni Livan, Turkiya, Iordaniyada joylashgan. Turkiyaning o‘zida 3,6 mln qochqin qolmoqda. 

Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari 2016 yil martida Turkiya bilan migratsiya inqiroziga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi rejani kelishib olishgan. Reja Anqaraga qochqinlarni qabul qilishi uchun moliyaviy yordam qo‘rsatilishini, Gretsiyaga Turkiyadan keluvchi barcha noqonuniy migrantlarni yana Turkiyaga qaytarishni va Yevropa Ittifoqi tomonidan Turkiyadagi suriyalik qochqinlarning “bir qochqinga bir qochqin” prinsipi bo‘yicha qabul qilinishini ko‘zda tutadi.   

Mavzuga oid