Sport | 23:34 / 04.03.2020
12743
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tarixdagi eng uzun xokkey o‘yini o‘tkazildi

Toshkentning «Humo» xokkey klubi Oliy Xokkey Ligasining (OXL) pley-off bosqichi doirasida Rossiyaning «Toros» klubini qabul qildi.

Foto: Humo

«Qanotlilar» 4ta g‘alabagacha bo‘lgan pley-off bahslarida «Toros»ga 2:3 hisobida yutqazayotgan va albatta g‘alaba qozonishlari shart edi.

Bellashuvning 3ta bo‘limidan so‘ng 1:1 hisobi qayd etildi. Natijada 20 daqiqadan iborat qo‘shimcha vaqtlar belgilandi. Ularning ikkinchisida «Humo» hujumchisi Kazakov hal qiluvchi shaybani darvozaga kiritib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Xokkeychilar muzda umumiy hisobda 84 daqiqa harakat qilishdi. Natijada bu Toshkentdagi eng uzoq davom etgan xokkey o‘yini bo‘ldi. Qayd qilish joizki, muxlislar 3,5 soat davomida qiziqarli bellashuv guvohi bo‘lishdi.

Endi jamoalar hal qiluvchi 7-o‘yinni Neftekamsk shahrida 7 mart kuni o‘tkazishadi. G‘olib OXL pley-off bosqichining chorakfinaliga yo‘l oladi.

OXL
Pley off bosqichi
1/8 final, 6-o‘yin

4 mart, Toshkent, «Humo arena»
HUMO (Toshkent, O‘zbekiston) – TOROS (Neftekamsk, Rossiya) 2:1 (1:0, 0:0, 0:1, 0:0, 1:0)
Gollar: 
16:24 – 1:0 Yatsenko (Merejko, Valuyskiy)
56:19 – 1:1 Gareyev (Amirov, Dubrovskiy)
84:14 – 2:1 Kazakov 
Umumiy hisob: 3:3

Mavzuga oid