Energetika sohasida 2 mlrd. dollarga teng bitimlar imzolandi
Bu yirik bitimlar O‘zbekistondagi elektr energiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan taqchillikni bartaraf etishga va qayta tiklanuvchi manbalarga ko‘proq e'tibor qaratishga mo‘ljallangan
Energetika vazirligi Saudiya Arabistonining yirik investori — ACWA Power kompaniyasi bilan umumiy qiymati 2 mlrd. AQSh dollariga teng uchta bitim taqdimotini o‘tkazdi. Hujjatlar vazir Alisher Sultonov va ACWA Power raisi janob Muhammad Abunayyan tomonidan imzo chekildi.
Energetika sohasida 2 mlrd. dollarga teng bitimlar imzolandiEnergetika sohasida 2 mlrd. dollarga teng bitimlar imzolandi ➥ Batafsil: https://kun.uz/17055582
Posted by Kun.uz on Thursday, March 5, 2020
· 1,2 mlrd. dollarlik investitsiya shartnomasi elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha 25 yillik shartnoma (PPA) hamda 1500 MVt quvvatli bug‘-gaz turbinali elektr stansiyasini (BGQ) qurish va ekspluatatsiya qilish uchun sarflanadi;
· 0,55–1,1 mlrd. AQSh dollar qiymatidagi loyiha quvvati 500–1000 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini barpo etish xususidagi bitimni o‘z ichiga oladi;
· Mutaxassislarning texnik ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan o‘quv markazini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolandi (AM).
1500 MVt quvvatga ega yangi bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu elektr energiyasi ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investitsion loyihada ham kelishuvga muvofiq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yagona xaridor sifatida ishtirok etadi.
Loyihaga muvofiq quriladigan yangi bug‘-gaz qurilmasining samaradorligi 60% dan ziyod bo‘lib, u elektr energiya ishlab chiqarishga sarflanadigan tabiiy gaz miqdorini qariyb ikki marta ko‘p tejash imkonini beradi.
Energetika vazirligi bilan qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish bo‘yicha imzolangan shartnomaga binoan ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonda 500–1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini quradi va foydalanishga topshiradi.
Muhammad Abunayyan, ACWA Power raisi:
– Kompaniyamiz iste'mol bozorida xususiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan va energetika sektorini mustahkamlaydigan hududda o‘ziga xos iqtisodiy yuksalishni ta'minlaydigan darajadagi sarmoyalar kiritadi. Bir so‘z bilan aytganda, ACWA Power rivojlanayotgan bozor va hamjamiyatlarga arzon elektr energiyasidan foydalanishni ta'minlash orqali olg‘a siljishga yordam berish bo‘yicha katta tajribaga ega. Energiya sohasidagi tajribamizdan amaliyotda foydalangan holda O‘zbekistonda energetika sohasining rivojiga munosib hissa qo‘shish — biz uchun katta sharaf.
Mavzuga oid
23:39 / 12.12.2024
Toshkent viloyatidagi «Chorbog‘» podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi
17:02 / 28.11.2024
«Kafolatlanmagan tadbirkorlar». Poytaxtdagi yuzlab korxonalar gazdan uzib qo‘yildi
17:00 / 28.11.2024
Noyabr – Energetika xavfsizligi oyi doirasida gaz transport tizimining xavfsizligi nazorat qilindi
23:44 / 19.10.2024