O‘zbekiston | 10:47 / 06.03.2020
5922
2 daqiqa o‘qiladi

Ma'muriy nazorat qoidasini buzgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatida ma'muriy nazorat qoidasi buzildi

Foto: dvitex.ru

Joriy yilning 4 mart kuni Sho‘rchi tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasining xabariga ko‘ra, tumanning “Bo‘ston” mahallasida yashovchi R.T. muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni bir necha marotaba sodir qilib kelganligi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan “o‘ta xavfli retsidivist” deb topilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Olmaliq shahridagi Jazoni ijro etish koloniyasining taqdimnomasiga asosan 2019 yil 29 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudi tomonidan 1 yil muddatga ma'muriy nazorat o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan R.T. 2019 yil 6 sentabr kuni soat 22:00da ma'muriy nazorat qoidalarini buzib, mast holda jamoat joyida yurganligi uchun Ma'muriy ishlar bo‘yicha Uzun tuman sudi tomonidan R.T.ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 206-moddasiga asosan unga nisbatan 223.000 so‘m miqdorida jarimaga tortiladi.

Tayinlangan jazodan va ichki ishlar organlari Probatsiya xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlariga qaramasdan o‘ziga yetarlicha bo‘lgan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, yashash manzilidan soat 21:00 dan soat 6:00 gacha boshqa manzilga chiqish taqiqlangan bo‘lsa-da, R.T. ma'muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida yashash uyidan 2020 yilning 26 yanvar kunida o‘zboshimchalik bilan ketib qolganligi aniqlangan.

Mazkur aniqlangan holat bo‘yicha 4 mart kuni tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan R.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 226-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid