Jahon | 18:33 / 14.03.2020
13727
2 daqiqa o‘qiladi

Iroqdagi AQSh harbiylari joylashgan bazaga yangi raketa hujumi uyushtirildi

Bag‘dod shimolida AQSh va boshqa koalitsiya kuchlar joylashgan harbiy bazaga raketa zarbalari berildi.

Iroq askarlari voqea joyida / Foto: Reuters

Bu haqda Fox news xabar tarqatgan.

Bunday hujumlar oqibatida uchta harbiy xizmatchi, shu jumladan, ikki amerikalik askar halok bo‘lgan. 

Rasmiylarning ma'lumotlariga ko‘ra, baza ichiga o‘ndan ortiq raketalar kelib tushgan. 

AQSh harbiylari joylashgan bazalarga odatda hujumlar bir kechaning o‘zida sodir bo‘lgan. Ushbu hujumlar kun davomida amalga oshirilganligi sababli g‘ayrioddiy tus olgan. 

AQSh rasmiylarining aytishiga qaraganda, bu asosan, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgan jangarilar guruhiga tegishli bo‘lgan Katayb Hizbullohga tegishli hujumlar bo‘lishi ehtimolga ancha yaqin.

Biroq Iroq harbiylari ushbu havo hujumlari oqibatida xavfsizlik kuchlarining 5 a'zosi va bitta tinch aholi vakili o‘dirilganini ta'kidlamoqda.

Shia jangari guruhlari AQShning juma kungi hujumlari uchun ulardan qasos olishlarini ma'lum qilgan edi. Bu esa Vashington va Tehron o‘rtasida Iroq ichkarisida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan holatlarning yanada keskin tus olishini anglatadi.

Mavzuga oid