Light | 16:00 / 20.03.2020
58245
7 daqiqa o‘qiladi

Qo‘lbola tibbiy niqoblarni qanday yasash mumkin?

Mufassal yo‘riqnoma hatto tikishni bilmaydiganlar uchun ham asqotadi.

Nimalar hisobga olinadi?

JSST ikki holatda niqob taqish zarurligini ta'kidlamoqda:

  1. Agar yo‘talayotgan yoki aksirayotgan bo‘lsangiz.
  2. O‘zingiz sog‘lom bo‘lib, ammo yuqoridagi alomatlar kuzatilayotgan inson bilan yaqin muloqot qilayotgan bo‘lsangiz.

Tushuntirib o‘tish zarurki, Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash tizimi eslatmasida aytilishicha, bemor bilan 2 metrdan kam masofada 15 daqiqadan ko‘p vaqt yonma-yon bo‘lish yaqin aloqa hisoblanadi.

Hech qanday niqob sizni mutlaqo himoyalash kafolatini bermaydi. Ammo uni to‘g‘ri taqish orqali zararlanish xavfini kamayadi, shuningdek qo‘lni sovunlab yuvish yoki tarkibida spirt saqlovchi antiseptik bilan tozalash zarur.

Siz o‘z qo‘lingiz bilan niqob tayyorlamoqchi bo‘lgan mato:

  • Havo o‘tkazuvchi bo‘lishi kerak — siz erkin nafas olishingiz va yuz terisi terlamasligi uchun.
  • Qattiq bo‘lmasligi kerak — birinchidan, dag‘al mato terini ta'sirlantiradi; ikkinchidan, yuz konturiga mos kelmaydi ya'ni niqob terini to‘liq qoplamaydi.

Qo‘lbola niqob qancha ko‘p qatlamga ega bo‘lsa va yuzga qanchalik mahkam kiyilsa, u shunchalik yaxshi himoya qiladi. Shunday qilib, birinchi qavat iflos qo‘llar burun va og‘izga tegishiga imkon bermaydi. Keyingisi esa, agar virusni yuqtirib olgan bo‘lsangiz, atrofdagilarni sizdan himoyalaydi. Yumshoq mato og‘izdan chiquvchi namlikni oladi va uning boshqa odamlarga yetib borishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Yuzingizdagi niqobga tegmaslikka harakat qiling. Agar bu zarurat bo‘lsa, undan oldin va keyin qo‘lingizni yuving.

Niqob namlanib qolishi bilan (odatda, bu 2-3 soat ichida sodir bo‘ladi), uni yangisi bilan almashtiring. Yaxshisi, aksirgan yoki yo‘talgan zahotingiz uni o‘zgartirishingiz kerak. Buning uchun bir necha niqobni o‘zingiz bilan olib yurishingiz kerak. 

  • Bitta niqobni zinhor bir kundan ortiq kiymang. 

Matodan tayyorlangan niqoblarni kir yuvish kukuni solingan qaynoq suvda yuvish kerak. SARS-CoV-2 qanday haroratda nobud bo‘lishi hozircha ma'lum emas. Uning atipik zotiljam keltirib chiqaradigan eng yaqin qarindoshi SARS-CoV 15 daqiqa davomida 56 darajagacha qizdirilganda o‘ladi. Shuning uchun, suv qancha issiq bo‘lsa, shuncha yaxshi. 

Yuvib quritgandan so‘ng uni dazmollang. Yaxshi tekislangan aksessuar yumshoqroq bo‘ladi va yuzingizda zichroq, taxlamsiz joylashadi.

Qog‘oz sochiqdan tibbiy niqob tayyorlash

Kerak bo‘ladi:

  • Zich qog‘oz sochiq;
  • qaychi;
  • chizg‘ich;
  • qalamli yelim;
  • flomaster yoki ruchka;
  • tikish uchun elastik tasma yoki chilvir ip;
  • stepler.

Jarayon

Qog‘oz sochiqdan 20 x 16 sm hajmda to‘g‘ri to‘rtburchak kesib oling. Uzun tomonini o‘rtasidan buklang. Bukilgan yerini tepaga qaratib yoyib, pastki tor chetini yelimlang. 

Kadr: @mizutama.soap / YouTube

Ushbu qirrani 1 sm buklang va yopishtiring. 

Kadr: @mizutama.soap / YouTube

Xuddi shu tarzda, boshqa tor chetini egib, yopishtiring.

Kadr: @mizutama.soap / YouTube

Ikki uzun tarafning bukilgan nuqtasiga flomaster bilan belgi qo‘ying, shuningdek, bukilgan chiziqdan tepadan-pastga 1,5 sm va 5 sm masofada belgilar qo‘ying. 

Kadr: @mizutama.soap / YouTube

1,5 santimetrdagi ikkala belgiga ham yelim surting. Yon tomonlarini yopishtirib, qog‘ozning yuqori qismini buklang.

Kadr: @mizutama.soap / YouTube

Yuzaga kelgan shaklning yuqori burchaklarini yelimlang. Qog‘ozning old qismini 1 sm ko‘taring va qirralarga yopishtiring. Agar qiyinchilikka duch kelsangiz, quyidagi videodarsni ko‘rib chiqing. 

Kadr: @mizutama.soap / YouTube

Keyingi belgilarni har ikki tomondan yelimlang (ya'ni markaziy qatlamadan 5 sm masofada bo‘lganlarini). Yon tomonlarini yopishtirib, qog‘ozning yuqori qismini buklang.

Kadr: @mizutama.soap / YouTube

Olingan shaklning yuqori burchaklariga yana yelim qo‘llang. Qog‘ozning yon tomonlarini yopishtirib, pastki chetini 1 sm buklang. 

Kadr: @mizutama.soap / YouTube

Qog‘ozning ikkinchi qismini ham belgilar orqali xuddi shu tarzda yopishtiring.

Kadr: @mizutama.soap / YouTube

18 sm uzunlikda ikkita tasma kesib oling,  agar siz simdan foydalansangiz, sizga 23 sm uzunlikdagi qismlar kerak bo‘ladi. Qog‘ozli «garmoshkani» teskari qarating va tasmalardan birini uning tor chetiga stepler bilan mahkamlang. Uning tushib ketmasligiga ishonch hosil qiling. 

Kadr: @mizutama.soap / YouTube

Keyingisi ham xuddi shu tarzda.

Kadr: @mizutama.soap / YouTube

Chilvir ipni stepler bilan tikishdan oldin uchlarini tugib olish kerak. 

Niqobni tasma maustahkamlanmagan orqa tomonga qarating, ichki tor chetiga yelim qo‘llang va qog‘ozni bukib yopishtiring. 

Xuddi shu harakatni ikkinchi tomonda takrorlang. Niqob tayyor. 

Matodan ishlangan oddiy tibbiyot niqobi tayyorlash

Kadr: @mizutama.soap / YouTube

Kerak bo‘ladi:

  • Elastik ip yoki soch uchun ishlatiladigan ingichka rezinka (2ta);
  • chizg‘ich;
  • qaychi;
  • 50 x 50 sm o‘lchamdagi paxtadan tayyorlangan ro‘mol (yoki shunchaki matodan foydalanish mumkin).

Agar chilvirdan foydalansangiz, 25 sm uzunlikdagi bir xil ikkita tasma kesib oling va chetlarini birlashtirib, ikki martadan tuging.

Matoni pastga qismini ustiga yopib o‘rtasidan buklang.

Keyin yana bir bor yarmidan buklang.

Jarayonni yana bir marta takrorlab matoni ingichka tasma hosil qiling.

Chilvir ipdan yasalgan yoki tayyor soch rezinkalariga matoni ikki tarafdan kirgizing.

Matoning chap tomonini tasmaning markaziga, narigi rezinkaga tekismasdan buklang.

Uning ustiga tasmaning o‘ng tarafini bukib yotqizing. Ikkala ip ham matoning bukilgan joyida qolishi kerak.

Bir qismni ochib, ikkinchisini uning ichiga kirgizing.

Niqob tayyor. U matoning ikki qismidan tashkil topgan. Uni taqib, orqa qismini ehtiyotkorlik bilan iyagingizga tushiring. Barcha tafsilotlar quyidagi videoda:

Mavzuga oid