«Vnukovo» aeroporti rahbariyati o‘zbekistonliklarning vaqtincha turishi uchun terminal ajratdi
«B» terminalida yaratilgan maxsus zona faqat kunlik ovqatlanish uchun ishlatilmoqda, ro‘yxatga olish punktlari esa o‘zbekistonliklarning doimiy turar joylari bo‘lib qolmoqda
O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan xalqaro havo, avtomobil va temir yo‘l aloqalarini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab, O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi tomonidan qiyin vaziyatda qolgan vatandoshlarga yordam berish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu haqda elchixona xabarida aytilgan.
“24 soatlik Operativ shtab tashkil etildi, vatandoshlarning Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lish va mehnat patentlari muddatlarini mamlakatni tark etmasdan uzaytirish masalasi hal qilindi, karantin choralariga qaramay o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya oliy ta'lim muassasalari yotoqxonalaridan chiqarib yubormaslik bo‘yicha Rossiyaning tegishli vazirlik va idoralari bilan ish olib borildi, Rossiya tomonidan COVID-19 virusi RNKni aniqlash uchun test-tizimlari olindi. Vatandoshlarni Rossiyadan olib chiqish uchun beshta charter reysi va uchta temir yo‘l poyezdi tashkil etildi.
Elchixona o‘z vatanlariga ucha olmagan va Moskva aeroportlarida qolib ketgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyatni doimiy nazoratga olgan. Elchixona diplomatlari har kuni aeroportlarga tashrif buyurib, joylardagi ahvolni o‘rganmoqda va u yerdagi fuqarolarimizga oziq-ovqat tashkillashtirishda yordam bermoqda”, - deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, elchixona tomonidan olib borilgan muzokaralar natijasida «Vnukovo» aeroporti rahbariyati vatandoshlarning vaqtincha turishi uchun «B» terminalini ajratdi, u yer tibbiy punkt, sanuzel, issiq ovqat va mebel jihozlari bilan ta'minlangani aytiladi.
Bildirilishicha, diplomatlarning barcha ishontirishlari va urinishlariga qaramay, «B» terminalida yaratilgan maxsus zona faqat kunlik ovqatlanish uchun ishlatilmoqda, ro‘yxatga olish punktlari esa o‘zbekistonliklarning doimiy turar joylari bo‘lib qolmoqda.
Elchixona vatandoshlarga qulayliklar yaratish maqsadida ularni O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobidan vaqtincha turar joy bilan ta'minlash masalasini ishlab chiqqan. Bugungi kunga qadar «Vnukovo» aeroportida kuniga uch marta ovqatlanish imkoniga ega taxminan 150 kishi uchun joylar tayyorlangan (raqam doimiy ravishda o‘zgarmoqda), bu haqda vatandoshlar tezda xabardor qilindi. Elchixonaning ushbu taklifini vatandoshlar inkor etmoqdalar va charter reyslarini kutib aviachiptalarni rasmiylashtirish punktlarida qolishni afzal ko‘rmoqdalar, deyiladi xabarda.
Elchixona yangi charter reyslari tashkil etilgunga qadar 150 nafar hamyurtlarga «Vnukovo» aeroportida vaqtincha turar joy bilan ta'minlashga tayyorligini yana bir bor tasdiqlagan va o‘z ma'lumotlarini (pasport va bog‘lanish ma'lumotlari) «Vnukovo» aeroportidagi Uzbekistan Airways AJ vakolatxonasiga kerakli choralar ko‘rish uchun taqdim etishlarini so‘rab murojaat etgan.
“Shu o‘rinda mavjud vaziyat tufayli Vatanga qayta olmaydigan va aviachiptalarga ega fuqarolar soni ko‘paygan taqdirda, o‘z vaqtida murojaat bo‘lganda elchixona tomonidan ularni joylashtirish choralari ko‘riladi.
Bundan tashqari, jurnalistlar va blogerlar uchun elchixonaning vatandoshlarga yordam berish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi tegishli ma'lumotlar diplomatik vakolatxonaning elektron manbalarida, shu jumladan uzembassy.ru rasmiy veb-saytida, Facebook (@UzEmbass.ru), Instagram (@UzEmbassRussia) ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida, shuningdek, Telegram botida (@UzKoRusBot) muntazam joylashtirilmoqda”, - deya yakunlanadi ma'lumot.
Mavzuga oid
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
20:42 / 04.12.2024
Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
10:57 / 26.11.2024
Krokus terakti: gumondorlarni qamoqda saqlash muddati yana uzaytirildi, lekin buyurtmachi hamon aniq emas
11:47 / 13.11.2024