Jamiyat | 12:24 / 26.03.2020
35915
2 daqiqa o‘qiladi

«Asaka bank»  sobiq mansabdorlariga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

24 mart kuni ATB «Asaka bank» Andijon filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlagan D.T. va mazkur filial kredit bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan X.M.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, 1980 yilda tug‘ilgan filial sobiq boshlig‘i hamda bank kredit bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan shaxs tomonidan «Sh. ifori» MChJga  Andijon shahar, Yuksalish ko‘chasida 5 qavatli turar joy binosi qurilishi uchun ajratilgan 2 milliard 960 million so‘m kredit mablag‘lari maqsadli sarflanmasdan o‘zlashtirib yuborilgan. Bank sobiq amaldorlari pullarning samarasiz sarflanishi va bu bilan bank manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lganlikda ayblanmoqda.

Shundan kelib chiqib, bank filiali sobiq mutasaddilariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi («Mansabga sovuqqonlik bilan qarash») 1-qismi va 205-moddasi («Mansab vakolatini suiiste'mol qilish») 2-qismi «a» bandi bilan ayb e'lon qilingan.

O‘z navbatida «Sh. ifori» MChJ rahbari M.Sh.ga JKning 167-moddasi («O‘zlashtirish») 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid