Karantin davrida ota-onalarga yillik mehnat ta'tili berishning vaqtinchalik tartibi ma'lum bo‘ldi
Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta'lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta'tili berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta'lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta'tili berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Nizom maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta'lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga to‘lanadigan yillik mehnat ta'tilini berish shartlari to‘g‘risida ish beruvchi va xodimlarni, shuningdek, aholining keng qatlamini xabardor qilishni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Nizom tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat'iy nazar, barcha tashkilotlar va ularning xodimlarga qo‘llaniladi.
Mehnat ta'tili Nizomga muvofiq, koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish vaqtida maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchisi – bolaning va umumta'lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchisi, ya'ni 1-dan 4-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchining ota-ona (vasiy, homiy)siga beriladi.
Nizomga muvofiq mehnat ta'tili berilganda:
mehnat ta'tili olti oy ishlagandan keyin berilishini inobatga olgan holda, birinchi yil ishlayotgan xodimga ushbu ta'til berish qoidalari qo‘llanilmaydi;
mehnat ta'tili xodimning xohishiga ko‘ra tashkilot tomonidan tasdiqlangan ta'tillar jadvalidan qat'iy nazar navbatdan tashqari beriladi.
Agar xodim koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish vaqtida maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilgandan oldin mehnat ta'tilini olgan bo‘lsa yoki karantin tadbirlari amalga oshirilayotgan davrda mehnat ta'tilini olishni xohlamasa, ish beruvchi xodimning xohishiga ko‘ra quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
xodimni masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish jadvali yoki uyda ishlashga vaqtincha o‘tkazishi mumkin;
xodimga mehnat haqi saqlanmagan holda ta'til berish.
Xodimlar tashkilot rahbari nomiga yillik mehnat ta'tilini berilishi bo‘yicha sababi va sanasini ko‘rsatgan holda yozma ariza taqdim etadilar.
Xodimning xohishiga binoan, arizada so‘ralayotgan mehnat ta'tilining ish kunlarini ko‘rsatgan holda davomiyligi ko‘rsatilishi mumkin, ammo tashkilotning jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal hujjatlarda belgilangan, mehnat shartnomasi shartlariga asosan yillik mehnat ta'tili kunlaridan oshib ketmasligi kerak.
Shu bilan birga, ushbu qoida ham asosiy, ham uzaytirilgan mehnat ta'tillari, shuningdek, yillik qo‘shimcha ta'tillar, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va boshqa normativ hujjatlari hamda mehnat shartnomasi shartlarida belgilangan holatlarda tatbiq etiladi.
Asosiy va uzaytirilgan mehnat ta'tilining davomiyligi olti kunlik ish haftasidagi hisoblanadigan kalendar bo‘yicha kunlarda hisoblanadi. Ta'til davriga to‘g‘ri keladigan va ta'til muddatini aniqlashda ish kuni hisoblanmaydigan bayram kunlari hisobga olinmaydi, ta'til berilishi kuni esa yakshanbaga to‘g‘ri kelmasligi kerak.
Ish beruvchi yillik mehnat ta'tilini arizada ko‘rsatilgan muddatga tashkilotda tasdiqlangan ta'til berish jadvalining muddatiga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligidan, agar ta'til birinchi ish yili uchun berilayotgan bo‘lsa, shu ish yilida ishlangan oylar sonidan qat'iy nazar berishga majbur.
Ish beruvchi xodimdan ariza olgan kuni mehnat ta'tilining boshlanish va tugash sanasini ko‘rsatgan holda xodimga mehnat ta'tilini berish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Ta'til uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta'til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi. Ammo, agar ta'til ariza berilgan kundan keyingi kun yoki keyingi ikki kun ichida talab qilingan holatlarda, ish beruvchi uni ta'til olish uchun ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida to‘lashi shart va mehnat ta'tili haqini xodimning yashash joyiga yetkazib berishni ta'minlashi yoki ish haqi va daromadlar bilan bog‘liq boshqa to‘lovlarni olish uchun mo‘ljallangan xodimning bank kartasiga to‘lash orqali amalga oshiradi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilishi davom etishi munosabati bilan xodim yillik mehnat ta'tili tugash kuni ishga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, xodim ish beruvchi nomiga quyidagi mazmundagi arizani jo‘natadi:
muddati va boshlanish sanasi ko‘rsatilgan mehnat haqi saqlanmagan holda beriladigan ta'til olish bo‘yicha;
masofaviy ish usuliga vaqtincha o‘tkazish bo‘yicha.
Ish beruvchi xodimga arizasida ko‘rsatilgan sanadan boshlab to‘liq muddatga mehnat haqi saqlanmagan holda beriladigan ta'til berishga majbur. Ushbu ta'tilga Mehnat kodeksining 150-moddasi 1-qismida belgilangan maksimal muddat bo‘yicha cheklovlar tatbiq qilinmaydi. Bunda ushbu ta'tilning muddati maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati to‘xtashi muddatidan oshmasligi kerak. Ushbu ta'til uning muddatidan qat'iy nazar xodimning ish stajiga kiradi.
Xodimni masofaviy ish usuliga vaqtincha o‘tkazish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Agar xodim yillik mehnat ta'tilida bo‘lgan davrda maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati tiklansa, yoki xodimning mehnat ta'tilida bo‘lish ehtiyoji yo‘qolsa, xodim muddatidan oldin ishga chiqish bo‘yicha yozma ariza bilan murojaat qilishi mumkin, ish beruvchi esa ushbu arizani qondirishi lozim.
Ushbu norma oldindan tasdiqlangan ta'tillar jadvaliga muvofiq ta'tilda bo‘lgan xodimlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
Agar xodim mehnat haqi saqlanmagan holda beriladigan ta'til (yoki masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish jadvali yoki uyda ishlash yoki to‘liqsiz ish kuni sharoitlari)da bo‘lgan davrda maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati tiklansa, xodim muddatidan oldin ishga chiqish yoki odatiy (to‘liq) ish rejimiga o‘tkazish bo‘yicha yozma ariza bilan murojaat qilishi mumkin, ish beruvchi esa ushbu arizani qondirishi lozim.
Ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha mehnat ta'tili muddatidan oldin tugallangan taqdirda, mehnat ta'tili uchun ortiqcha to‘langan haq o‘rnatilgan tartibda qaytariladi.
Agar ko‘rsatilgan sabablar mehnat ta'tili davrida yuzaga kelgan bo‘lsa, unda ta'tilning foydalanilmay qolgan qismi tasdiqlangan ta'tillar jadvaliga muvofiq yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv asosida belgilangan boshqa muddatga, shu jumladan keyingi kalendar yili uchun mehnat ta'tiliga qo‘shilish orqali ko‘chirilishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganligi sababli xodim ta'tilga chiqqan davrida, xodimni ta'tildan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mavzuga oid
19:04 / 17.12.2024
Farzand tug‘ilganda otaga 5 kunlik ta’til berilishi mumkin
18:54 / 04.12.2023
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi
18:39 / 27.06.2023
O‘qituvchilarning ta’tili 56 kun etib belgilandi
17:00 / 10.01.2023