O‘zbekiston | 07:46 / 28.03.2020
4508
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vazirligida hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida qabul qilish to‘xtatilmoqda

Bu vaqtincha cheklov choralari kiritilishi munosabati bilan hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda

Foto: TIV axborot xizmati

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida qabul qilish to‘xtatilmoqda. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2020 yil 27 martdan boshlab qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatadi.

Bu vaqtincha cheklov choralari kiritilishi munosabati bilan hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. 

Xat va murojaatlarni info@mfa.uz elektron manziliga yuborish so‘ralgan.

Mavzuga oid