«Koronavirus tabiblar davolaydigan kasallik emas» – Nurmat Otabekov
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov andijonlik tabib va kimyogarlar koronavirusni davolash mumkin bo‘lgan dori ixtiro qilishgani haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
«Biz bitta narsani tushunib olishimiz kerak. Koronavirus kasalligi bu – maxsus davolash talab qilinadigan kasallik. Bizni ajablantiradiki, bunday paytlarda tabiblar ko‘payib ketadi.
Menimcha, tabiblar o‘zining ishini qilgani ma'qul. Bu tabiblar davolaydigan kasallik emas. Negaki, bu kasallik uy sharoitida yoki bo‘lmasa tibbiyot xodimining nazoratisiz davolansa qanday asoratga olib kelishini hammamiz anglab yetishimiz kerak bo‘ladi.
Nimagadir aksariyat tabiblar «Ibn Sino bobomiz qo‘llagan», deb aytishadi. Ibn Sino bobomiz bundan qariyb ming yil avval yashaganlar. U paytda kasallik qo‘zg‘atuvchilari viruslar, bakteriyalar yoki oddiy jonivorlar ekani haqida hali tasavvur ham shakllanmagan bo‘lgan. Shuning uchun samarasini bilmasdan turib biror narsani tavsiya qilish maqsadga muvofiq emas.
Koronavirusga chalinganlarning barchasi maxsus shifoxonalarda yuqumli kasalliklar shifokorlari, virusolog, pulmonolog, reanimatolog, pediatr kabi mutaxassislar tavsiyalariga asosan davolanishi kerak», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
15:18 / 26.11.2024
Qo‘qonlik tabib yana trendda – uning faoliyati haqida nimalar ma’lum?
17:45 / 23.11.2024
“Kamerani ko‘rib, bemorlarni tarqatib yuborishdi” – muxbirlar farg‘onalik tabib ko‘chasiga kiritilmadi
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
19:01 / 23.07.2024