O‘zbekiston | 13:35 / 31.03.2020
9344
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent moliya institutida ham masofaviy ta'lim platformasi ishga tushirildi

Foto: Toshkent moliya instituti

Toshkent moliya institutining veb saytida joylashtirilgan Platonus elektron ta'lim dasturi, institutning Telegram kanali, institut fakultetlarining Telegram  kanallari, YouTube kanalidagi institutning MOLIYA TV sahifasi orqali ta'lim jarayoni masofaviy shaklda davom ettirilmoqda. 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi  axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Toshkent moliya institutining 21ta ta'lim yo‘nalishi hamda 12ta magistratura mutaxassisliklarida o‘qitilayotgan 224ta fandan o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar, mustaqil ta'lim topshiriqlari, mavzular bo‘yicha taqdimotlar, masalalar to‘plami, keys stadi, nazorat savollari va boshqa o‘quv materiallari institutda faoliyat yuritayotgan 18ta kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Platonus elektron ta'lim dasturiga joylashtirildi.

Ta'kidlanishicha, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha tegishli mavzulardan videodarslar tayyorlanib, tizimga joylashtirilmoqda. Shuningdek tayyorlangan videodarslar YouTube kanalidagi institutning MOLIYA TV sahifasiga joylashtirilmoqda.

Shuningdek, 2019/2020-o‘quv yilining bahorgi semestrida talabalar bilimini onlayn test axborot tizimi orqali baholash bo‘yicha barcha fanlardan testlar bazasi shakllantirilib, talabalarning fanlar doirasida o‘zlashtirish darajalari mazkur tizim orqali baholanishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid