Jamiyat | 13:45 / 31.03.2020
68285
1 daqiqa o‘qiladi

Xatirchida qishloq poliklinikasi shifokori 2 yoshli bolani klinik o‘lim holatidan hayotga qaytardi

Xatirchilik jarroh Komil Rayimov suvga cho‘kishi oqibatida klinik o‘lim holatiga tushib qolgan 2 yoshli Azizbekni jonlantirib, hayotga qaytardi.

Foto: KUN.UZ

Kun.uz’ga voqea guvohlarining xabar berishlaricha, 27 mart kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 33-qishloq oilaviy poliklinikasiga, ariqdagi suv oqib o‘tayotgan quvurga 10 daqiqa davomida tiqilib qolib, suv yutgan 2 yoshli Azizbek Shuhratov klinik o‘lim alomatlari bilan olib kelinadi.

Poliklinika shifokori, jarroh Komil Rayimov hamda boshqa shifokorlar ishtirokida bola hayoti qutqarib qolinib, Xatirchi tuman tibbiyot markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ma'lum qilishlaricha, hozir bolaning ahvoli qoniqarli va unga uyiga javob berib yuborilgan.

Mavzuga oid