Jahon | 15:52 / 02.04.2020
32488
1 daqiqa o‘qiladi

Neft narxi keskin oshdi

Avvalroq Donald Tramp Moskva va Ar-Riyod yaqin kunlarda neft bozoridagi vaziyat bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishi mumkinligini aytgandi.

Foto: EPA/Alejandro Ernesto

2 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng neft narxi keskin ko‘tarildi.

Londondagi ICE  birjasida Brent rusumidagi neft narxi 9,4 foizga oshdi va 27,31 dollarni tashkil etdi. WTI rusumidagi neft narxi 8 foizga ko‘tarilib, 22 dollarga yetdi.

Avvalroq Donald Tramp Moskva va Ar-Riyod yaqin kunlarda neft bozoridagi vaziyat bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishi mumkinligini aytgandi.

30 mart kuni Rossiya prezident Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qilib, jahon neft bozori holati bo‘yicha fikrlar almashishgan va bu masalada energetika vazirlari darajasida ikki tomonlama maslahatlashuv o‘tkazishga kelishib olishgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid