AQShda yangi atom suv osti kemasi foydalanishga kiritildi
AQSh harbiy-dengiz floti Virjiniya sinfidagi USS Delaware (SSN 791) atom suv osti kemasini foydalanishga kiritdi. Kema suv usti kemalarini yo‘q qilish va hududlarni minalashtirish uchun mo‘ljallangan.
Bu haqda Navy Recognition nashri xabar berdi.
Suv osti kemasi Tinch okeani va AQSh sohillari yaqinida vazifalarni bajaradi. USS Delaware kemalarga qarshi kurash olib borish, suv usti kemalarini yo‘q qilish, hududlarni minalashtirish, razvedka olib borish hamda raketa zarbalari berishga mo‘ljallangan. Rejaga ko‘ra, kema flotga 2070-yillargacha xizmat qilishi kerak.
Kema Huntington Ingalls Industries va General Dynamics kompaniyalari tomonidan qurilgan. U 2008 yilda qurila boshlangan va 2018 yilda suvga tushirilgan. AQSh floti uni 2019 yil oktyabrda olgan. USS Delaware AQSh harbiy-dengiz flotining Virjiniya sinfidagi 18-kemasi bo‘ldi.
Koronavirus pandemiyasi sababli kema tarixda birinchi marta tantanali marosimsiz xizmatni o‘tashni boshlagan. Biroq qo‘mondonlik ommaviy tadbirlar o‘tkazilishiga taqiqov olingandan keyin marosimni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024