Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan hukumat qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9 aprel kungi «Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 210-sonli qarori qabul qilindi.
Hukumat qarori bilan bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlari tasdiqlangan.
Tasdiqlangan ma'muriy reglamentlarga muvofiq, yuridik shaxslar ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qiladi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanishi belgilab qo‘yildi.
Tasdiqlangan reglamentlarda umumiy qoidalar, litsenziya talablari va shartlari, litsenziya olish uchun zarur hujjatlar, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi, litsenziyani qayta rasmiylashtirish, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish, litsenziyalar reyestrini yuritish, davlat bojini va davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘imni to‘lash tartibi, lisenziatning javobgarligi kabilar ko‘rsatib o‘tilgan.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024