O‘zbekiston | 17:11 / 15.04.2020
4068
2 daqiqa o‘qiladi

Karantin tufayli pochta obektlarida saqlanayotgan jo‘natmalarga qo‘shimcha haq olinmaydi ­­­­– vazirlik

Pochta jo‘natmalarini karantin tufayli o‘z vaqtida yetkazish imkoni bo‘lmagan holatlarda ularni belgilanganidan ko‘proq muddat saqlab turish uchun qo‘shimcha haq olinmaydi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Foto: logist.fm

Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadov 15 aprel kungi brifingda ma'lum qildi.

«Jismoniy va yuridik shaxslar nomiga kelib tushgan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish obektining karantinga olingani tufayli yetkazib berish imkoni bo‘lmagan hollarda, ushbu pochta jo‘natmalari pochta aloqasi obektlarida vaqtincha saqlanadi, bunda saqlash uchun qo‘shimcha haq olinmaydi.

Qabul qilingan posilkalar o‘z vaqtida oluvchining manzili bo‘yicha xizmat qiladigan pochta aloqasi obektlariga yetkazib berilmoqda.

Hozirgi kunda ba'zi bir shahar va tumanlar, mahallalar va turar joy binolari karantinga olinganligi sababli ushbu hududdagi oluvchilarga posilkalar yetkazib berish imkoni bo‘lmagan holatlar mavjud. Bunday paytda pochta aloqasi obektlarida jo‘natmalar xavfsizligi ta'minlangan holda saqlanadi.

Mazkur hududlarda yoki obektlarda karantin muddati tugaganidan so‘ng, oluvchilarga posilkalar but saqlangan holda topshirilishi ta'minlanadi», – deya axborot berdi Ahmadov.

Mavzuga oid