Jamiyat | 09:41 / 15.04.2020
12990
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy telekanallarda vaqtinchalik to‘xtalishlar yuzaga kelishi mumkin 

Sun'iy yo‘ldoshlarga telekanallar signallarini yetkazib beruvchi qurilmalarda rejali profilaktika ishlari olib boriladi

Foto: Getty Images

2020 yil 15 aprel kuni soat 02:00 dan 12:00 ga qadar sun'iy yo‘ldoshlarga telekanallar signallarini yetkazib beruvchi qurilmalarda rejali profilaktika ishlari olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan jami 44 tagacha xorijiy telekanallarda vaqtinchalik to‘xtalishlar yuzaga kelishi mumkin.

Qayd etilishicha, bu UzDigital TV MChJ hamda O’zbekiston Kabel Televideniyasi MChJ orqali barcha kabel va IP-televideniye tarmoqlarida retranslatsiya qilinadigan telekanallarga aloqadordir.

Mavzuga oid