Jamiyat | 14:10 / 22.04.2020
14226
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda barmoq izlari to‘rt yil ilgari sodir etilgan jinoyatni fosh etdi

Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari qayta tiklandi 

Illyustrativ foto

2016 yil 11 oktyabrga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Jondor tumanida yashovchi M.N.ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan, deb yozmoqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

U yotoqxonadagi shkaf ichidan 50 AQSh dollari va 150 000 so‘m naqd pullarini o‘g‘irlab ketgan. Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, barmoq izlari va boshqa daliliy ashyolar olingan. Biroq, o‘sha vaqtda olib borilgan surishtiruv ishlari natija bermagan. Shunga qaramay, jinoyatni fosh etish borasidagi ishlar davom ettirilgan.

Bildirilishicha, oradan 4 yil o‘tib ushbu shaxs yana jinoyatga qo‘l urdi. Surishtiruv davomida Jondor tumanida yashovchi 28 yoshli gumonlanuvchi X.Yo tuman IIBga keltirilib, undan barmoq izlari olinganda, 2016 yil 11 oktabr kuni hodisa joyidan olingan barmoq izlari bilan bir xil ekanligi aniqlangan. 

Hozirda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari qayta tiklandi. Tergov davomida X.Yo.ning boshqa bir nechta jinoiy holatlarga ham aloqadorligi oydinlashgan.

Mavzuga oid