Jahon | 19:55 / 22.04.2020
29616
2 daqiqa o‘qiladi

«Men islom diniga yaqinroqman»: Dmitriy Peskovning qizi Ramazon oyida ro‘za tutishini aytdi

OAVning yozishicha, Kreml matbuot kotibining qizi o‘tgan yili Ramazon oyida bir necha kun ro‘za tutgan.

Foto: Instagram

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning qizi Yelizaveta o‘zining Instagram sahifasida e'tiqodli ekanligini yozdi va Ramazon oyida ro‘za tutishini bildirdi.

U aslida Rossiya pravoslavlarini Pasxa bilan tabriklab post qoldirgan.  

Yelizaveta postida ota-onasi uni bolaligida hech bir dinga yo‘naltirmaganini, ulg‘ayganida qaysi dinga e'tiqod qilishni o‘ziga qo‘yib berishganini yozgan.

U Rossiyada haqiqiy pravoslavlik dini borligiga shubha bildirgan.

«Muhtasham korteji bo‘lgan patriarx ishonchga sazovor emas», - deb yozgan Peskova.  

Yelizavetaning so‘zlariga ko‘ra, u hozircha din borasida aniq tanlov qilmagan, ammo uning qalbiga Islom dini yaqin.

«Albatta, lekin men islom diniga yaqinroqman», – deb yozgan Peskova, foydalanuvchilardan birining u buddizmni o‘rgangani to‘g‘risidagi savoliga javoban.

Foydalanuvchilar shuningdek, uning Ramazon oyida ro‘za tutishiga qiziqishgan.

«Ha», - deb javob bergan Peskova va o‘tgan yili bir necha kun ro‘za tutganini qo‘shimcha qilgan.

OAVning yozishicha, Kreml matbuot kotibining qizi o‘tgan yili Ramazon oyida bir necha kun ro‘za tutgan.

«Tibbiy nuqtai nazardan, Ramazon organizm uchun juda foydali (agarda to‘g‘ri ovqatlanilsa). Asosiysi, har qanday ro‘zadan maqsad – intizom, rohatlardan voz kechish, diqqatni ruhiy holat va fikrlashga qaratish», deb yozgan Yelizaveta Peskova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ro‘za tutishda uning uchun eng asosiysi niyat bo‘lgan. 

«Niyat bo‘lsa, organizm o‘zi moslashib oladi va talab qilmay qo‘yadi», deb ta'kidlagan u.

Mavzuga oid