Rossiya Oliy sudi o‘zini izolyatsiya qilish rejimini buzganlik uchun jazoni yengillashtirishni tavsiya qildi
O‘z-o‘zini yakkalash (izolyatsiya qilish) rejimini buzgan, biroq koronavirus yuqtirganlikda gumonlanmayotgan insonlar ma'muriy me'yor bo‘yicha yumshoqroq jazoga tortilishi kerak, deyiladi Rossiya oliy sudi sud amaliyoti sharhida.
RBK nashrining yozishicha, shu paytgacha Rossiya sudlari qoida tariqasida o‘z-o‘zini yakkalash rejimini buzganlarga RF MJtKning 6.3-moddasi 2-qismi bilan jazo belgilab, ularga 15 mingdan 40 ming rublgacha jarima belgilab kelayotgan edi.
Oliy sud MJtKning 6.3-moddasi 2-qismini faqat koronavirus yuqtirganlikda gumonlangan, shuningdek, Rossiyaga xorijdan kirib kelgan, koronavirus yuqtirgan inson bilan kontaktga kirishgan, sanitar vrachning karantin to‘g‘risidagi ko‘rsatmalariga amal qilmayotgan yoki Covid-19’dan davolanishdan bo‘yin tovlayotganlarga nisbatan qo‘llashni tavsiya qildi.
Boshqa holatlar MJtKning 20.6.1-moddasi 1-qismi ko‘ra malakalanishi kerak. Unga ko‘ra ogohlantirish, 1 ming rubldan 30 ming rublgacha jarima nazarda tutilgan.
O‘zbekistonda bu borada ahvol qanday?
Prezident Shavkat Mirziyoyev JK, JPK hamda MJtKga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunni imzolagan edi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi MJtK 54-moddasi tahriri o‘zgartirilgan.
Endi karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22 / 24.12.2024