O‘zbekiston | 11:14 / 28.04.2020
22669
2 daqiqa o‘qiladi

Elektr energiyasi ta'minotida eng katta talafot ko‘rgan hudud Buxoro viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda

Respublika bo‘yicha 110 kV havo liniyalarida 10 dan ortiq, 35 kV havo liniyalarida 4 ta va 6-10 havo liniyalarida 210 dan ortiq uzilishlar vujudga kelgan. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Mamlakatning turli hududlarida kuni kecha boshlangan va ayni paytda davom etishi kuzatilayotgan kuchli shamol oqibatida daraxt shoxlarining sinib, havo elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi natijasida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar bo‘lmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida noqulay ob-havo sharoiti tufayli aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarida elektr energiyasida uzilishlar vujudga kelgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha, 110 kV havo liniyalarida 10 dan ortiq, 35 kV havo liniyalarida 4 ta va 6-10 havo liniyalarida 210 dan ortiq uzilishlar vujudga kelgan. Eng katta talafot ko‘rgan hudud Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi.

“Hozirda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning elektr ta'minoti korxonalari xodimlari tomonidan tun-u kun ta'mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

“O‘zgidromet” ma'lumotiga ko‘ra, bunday noqulay ob-havo sharoiti bugun ham respublikaning ayrim hududlarida davom etishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aholini elektr energiyasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlardan ogohlantiradi”, - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid