Jamiyat | 08:36 / 28.04.2020
21457
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda o‘lim bilan yakun topgan YTH sodir bo‘ldi

Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etdi, haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 27 aprel kuni soat 09:30larda, Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanining “Kakand” mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy 4K-592 yo‘lining 9-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1999 y.t. M.T. “Neksiya” rusumli transport vositasida oldinda harakatlanib ketayotgan transport vositasini quvib o‘tish maqsadida yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqqan vaqtida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1988 y.t. X.Sh. boshqaruvidagi “Kamaz-652043” rusumli yuk transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi, 1993 y.t. F.K. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Haydovchi M.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid