Jahon | 08:49 / 05.05.2020
10109
1 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda Uilyam tibbiy samolyotlarga yonilg‘i to‘ldirish uchun o‘z saroyiga qo‘nishga ruxsat berdi

Koronavirusga qarshi kurash ortida Britaniya shahzodasi Uilyam tez yordam samolyotlariga yonilg‘i to‘ldirish uchun Kensington saroyi vertolyot maydonchasiga qo‘nishga ruxsat berdi.

Foto: EPA

Bu haqda Evening Standard nashri xabar berdi.   

Ta'kidlanishicha, bu qaror evaziga tibbiy xodimlar 32 km uzoqlikdagi Uotfordda joylashgan eng yaqin yonilg‘i quyish bazasiga borish uchun ortiqcha vaqt sarflamaydilar. 

Nashrning ta'kidlashicha, bu ko‘proq hayotlarni qutqarib qolish imkonini beradi.

Avvalroq ushbu maydoncha qirollik oilasi vertolyotlari uchun qo‘llangan. 

Kensington saroyi shahzoda Uilyam va uning rafiqasining Londondagi qarorgohi hisoblanadi. Hozirda ular farzandlari bilan Norfolkda izolyatsiyada qolmoqdalar. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 190 mingdan oshgan, undan 28734 kishi vafot etgan.

Mavzuga oid