Jamiyat | 14:35 / 08.05.2020
5529
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi kompaniyalar tomonidan 526,4 mln so‘m beg‘araz mablag‘ to‘plandi

Foto: O‘zsanoatqurilishmateriallari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 aprel kuni sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining to‘liq ishlashini ta'minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Davlat rahbari tashabbusi bilan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatiga asos solindi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan har bir islohot zamirida, eng avvalo, inson omili, vatandoshlar manfaati yotganining yana bir bor amaliy isboti bo‘ldi ushbu tashabbus. Boshqacha aytganda, sinovli kunlarda mushkul ahvolda qolgan oila yoki fuqarolarni o‘z muammolari qurshovida yolg‘iz tashlab qo‘ymaslikka, O‘zbekistonning har bir fuqarosi qayerda bo‘lishidan qat'i nazar, doimo davlat va jamiyatning e'tiborini his qilib turishini ta'minlashga undovchi va mamlakat bunga qodirligini ko‘rsatuvchi, yaxshi kunlarda ham, bugungiday og‘ir kunlarda ham butun xalq bir bo‘lib, murakkab ahvolda qolgan vatandoshining yonida turishga chaqiruvchi xayrli tashabbus bo‘ldi.

Shu bois “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, a'zo korxona va tashkilotlar koronovirus pandemiyasi vaqtida axolining ijtimoiy ximoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator xayriya ishlarini amalga oshirishdi. Xususan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobiga “Qizilqumsement” AJ, “Bekobodsement” AJ, “Ohangaronsement” AJ, “Quvasoysement”, “Kvars” AJ hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Markaziy apparati tomonidan 526,4 mln so‘m mablag‘ beg‘araz o‘tkazildi. Shuningdek, “Jomboy yashil chiroqlari” MChJ, “Turon Eco Cement Group” MChJ va "PENG SHENG" MChJ QK kabi xususiy tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Ta'kidlash kerak, Sardobada suv toshqinidan aziyat chekkan aholiga yordam berish maqsadida uyushma tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududni qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallarini o‘z vaqtida yetazib berish maqsadida ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ayni damda “Kvars” AJ tomonidan 60 mln so‘mlik qurilish oynalari yetkazib berilgan. Shu bilan birga, hududlardagi soha korxonalar tomonidan Sirdaryo viloyatiga qurilish materiallari xayriya qilinmoqda.

Ushbu ezgu sa'y-harakatning muborak Ramazon oyida amalga oshirilishida ham juda katta ma'no mujassam. Zero, bu ayyomda amalga oshiriladigan ehson va xayriyalar manzilli bo‘ladi albatta.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
Matbuot xizmati

Mavzuga oid