Turkiyalik olimlar koronavirusdan xalos bo‘lishga yordam beruvchi dori vositasi ishlab chiqishdi
Turkiyalik olimlar koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llash uchun dori vositasi ishlab chiqishdi. Vosita odamlarda sinovdan o‘tkazilishga tayyor.
Dori vositasi VSY Biotechnology kompaniyasi va Istanbuldagi tibbiyot fanlari universiteti tomonidan ishlab chiqilgan.
Universitet rektori Javdat Erdo‘lning ta'kidlashicha, dori laboratoriya sharoitlarida samarali ekanini ko‘rsatgan va endi uning klinik sinovlarini o‘tkazish lozim. “Biz koronavirusga chalingan ko‘ngillilarda dorini sinashga tayyormiz”, deb aytgan Erdo‘l.
Biroq mutaxassislarga bunday sinovlarni boshlash uchun Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsatini olish kerak bo‘ladi.
Ayni vaqtda Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 133 mingdan oshib ketdi, undan 3641 kishi vafot etgan, 82 mingdan ko‘proq odam sog‘aygan.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024