Tramp Xitoy bilan savdo kelishuvini qayta ko‘rib chiqishga qarshi ekanligini aytdi
Kelishuvni bekor qilish va uni yangicha shartlarda tuzish Pekin manfaatlariga mos keladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralarni yangilashga qarshi chiqdi. U Oq uydagi matbuot anjumanida ana shunday bayonot berdi.
"Bu meni mutlaqo qiziqtirmaydi. Biz kelishuv tuzdik. Ammo eshitishimcha, Xitoy o‘ziga yaxshi sharoitlarni yaratish uchun muzokaralarni qaytadan boshlashni xohlamoqda", - dedi Tramp.
Kelishuvni qaytadan ko‘rib chiqish mavzusi Xitoyning Global Times nashrida mamlakat hukumati maslahatchilari AQSh bilan savdo kelishuvi borasida muzokaralarni yangilash kerakligini aytishayotgani haqidagi xabardan so‘ng o‘rtaga chiqdi.
Ularning fikricha, AQSh koronavirus pandemiyasi davomida zaiflashdi va endi Xitoy bilan savdo urushi olib bora olmaydi. Shu bois kelishuvni bekor qilish va uni yangicha shartlarda tuzish Pekin manfaatlariga mos keladi.
Pekin va Vashington 15 yanvarda bir yarim yil davom etgan savdo urushidan so‘ng kelishuvga erishgandi. Ushbu hujjatga ko‘ra, Pekin ikki yil ichida AQSh mahsulotlari importini kamida 200 mlrd dollarga oshirishi kerak.
Mavzuga oid
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
15:04
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:27
O‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi: qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi
22:10 / 23.12.2024