Jamiyat | 11:03 / 12.05.2020
2505
2 daqiqa o‘qiladi

Xalq qabulxonalari qishloq yoshlari bandligini ta'minlamoqda

Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan Yoshlar ittifoqi va sektorlar bilan hamkorlikda yoshlar muammolari bilan ishlash, ayniqsa, ularning bandligini ta'minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda har bir hududda “Manzilli reja” va “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, mahalliy kengashlar sessiyalari qarorlari bilan tasdiqlandi. Ushbu hujjatlar ijrosi doirasida mamlakatimiz bo‘yicha jami 117 ming nafardan ziyod yoshning bandligi ta'minlandi.

Xususan, qishloq xo‘jaligida qariyb 40070 nafar, tadbirkorlik sohasida 17520 nafardan ortiq, jamoatchilik ishlarida 22550 nafardan ko‘proq, qurilish sohasida 5000 nafardan ziyod, boshqa soha va yo‘nalishlarda 29800 nafardan ortiq, shu jumladan, vazirliklar, qo‘mitalar, uyushmalar va boshqa tashkilotlar tizimlarida 16297 nafar yoshlar ishga joylashtirildi.

Shular qatorida 2061 nafar yosh turli kasblarga qayta o‘qitildi.

Yoshlarning tadbirkorlikka oid 9157ta loyihasi uchun tijorat banklari 357,5 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratdi.

Har bir yoshga – bir gektar” loyihasi doirasida 15 ming nafardan ziyod yoshlarga 29,3 ming gektar yer ajratildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 10223 nafar ishsiz farzandlarini birlashtirgan 266 ta ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi.  

Prezident Xalq qabulxonalarining bu yo‘nalishdagi ishlari davom etmoqda.  

Mavzuga oid