Jahon | 22:18 / 19.05.2020
5072
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyo davlatlarining pandemiyaga qarshi choralarini tergov qilish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilindi

Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 73-sessiyasi ishtirokchilari turli davlatlar koronavirus pandemiyasiga javoban qanday choralar qabul qilganlarini tekshirish kerakligi aytilgan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlashdi.  

Foto: Getty Images

Rezolyutsiya pandemiyaga xalqaro javobning iloji boricha tezroq “xolis, mustaqil va har tomonlama baholanishi” o‘tkazilishi lozimligiga va “koronavirus pandemiyasiga qarshi amalga oshirilgan xalqaro sa'y-harakatlar doirasida olingan saboqlarni o‘rganishga” chaqiradi. Biroq hujjatda Xitoy yodga olinmagan va virusning kelib chiqishini aniqlashga chorlov yo‘q.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga a'zo 194 ta davlat, jumladan AQSh rezolyutsiyaga qarshilik bildirmagan. Hujjat ko‘rib chiqish uchun Yevropa ittifoqi tomonidan 100 dan ko‘proq davlat qo‘llab-quvvatlovida kiritilgan.

“Hech qanday e'tiroz yo‘q, koronavirus bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilindi”, deb aytgan 73-sessiya prezidenti Keva Bain.

O‘z navbatida, virusning butun dunyoga tarqalishida ayblanayotgan Xitoy tergov o‘tkazilishini ma'qullagan, biroq buni pandemiya tugagach amalga oshirish kerakligini aytgan. 

Mavzuga oid