Chorvoq suv omboriga yaqin hududda noqonuniy qurilgan inshootlarni aniqlash bo‘yicha reydlar boshlandi
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Bo‘stonliq turistik zonasida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
«Chirchiq daryosi qirg‘oqlarining katta qismi bugungi kunda Chimyon-Chorvoq kurort zonasiga kiradi va u yerda noqonuniy qurilgan inshootlar ham talaygina. U yerdagi dala hovlilaridan ba'zilarining atrofi shaxsiy sohilga ega bo‘lish maqsadida to‘siqlar bilan berkitilgan. Bu esa qolgan fuqarolarning suvga chiqishiga to‘sqinlik qiladi», - deyiladi xabarda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Bo‘stonliq turistik zonasida tezkor reyd tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Ekologik nazorat to‘g‘risida” va “Suv va suvdan foydalanish” qonunlari asosida o‘tkazilmoqda.
Shundan o‘tkazilgan reyd tadbirlaridan birida 39 ta korxona va 120 dan ortiq xonadon ko‘zdan kechirildi. Ularning barchasiga noqonuniy qurilmalarni olib tashlash bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi hamda tegishli tartibda tushuntirish xatlari olindi. Shu bilan birga, ma'muriy javobgarlikka tortilish bo‘yicha ogohlantirildi.
Suv yoqasida qonun-qoidalarga rioya qilmasdan qurilgan savdo rastalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ham boshqa joylarga ko‘chirilmoqda.
Mavzuga oid
16:25 / 20.12.2024
Chorvoqda bir oilaning uch a’zosi gazdan zaharlanib vafot etdi
12:28 / 11.11.2024
Toshkentda noqonuniy tashqi reklamalarni olib tashlash bo‘yicha reyd o‘tkazildi
15:54 / 07.11.2024
Chorvoqdagi ikki kishi halok bo‘lgan baxtsiz hodisada katamaranga urilgan gidrosiklni boshqargan yigit qamaldi
20:24 / 24.09.2024