Fan-texnika | 19:45 / 27.05.2020
13917
1 daqiqa o‘qiladi

2020 yilning birinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfonlar ma'lum qilindi

Eng yuqori o‘nlikdan to‘rttadan Apple va Samsung modellari hamda ikkita Xiaomi modeli o‘rin oldi.

Joriy yilning birinchi choragida iPhone 11 jahondagi eng ommabop smartfon bo‘ldi, deb xabar bermoqda Omdia. 

Dastlabki uch oyda Apple 19,5 million dona iPhone 11 sotgan.

"Apple narx va mahsuldorlik o‘rtasidagi muvozanatni topa oldi, bu esa smartfonning jozibadorligini oshirdi", — deb yozadi Omdia.

Ikkinchi o‘rin Samsung Galaxy A51ga nasib etdi (6,8 million dona), uchlikni Redmi Note 8 yakunlab berdi. 

Eng yuqori o‘nlikdan to‘rttadan Apple va Samsung modellari hamda ikkita Xiaomi modeli o‘rin oldi.

Hisobot mualliflari Samsung Galaxy S20+ smartfonining muvaffaqiyatiga alohida e'tibor qaratgan. Bu modeldagi smartfondan uch yarim million dona sotilgan bo‘lib, u beshinchi avlod tarmog‘ida ishlay oladigan eng ommabop smartfonga aylandi.

Mavzuga oid