Buxoroda 80 yoshli fuqaro 2 000dan oshiq «ko‘knori» giyohvandlik o‘simliklarini saqlab kelayotgani aniqlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 20 may kuni Buxoro viloyati Shofirkon tuman IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tezkor tadbiri o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Uning davomida Shofirkon tumanida yashovchi 80 yoshli R.R.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Hovlining xo‘jalik buyumlari saqlanadigan xonaning yuqori qismiga osilgan holdagi va qora rangli mato bilan to‘silgan ayvon qismida osilgan holdagi jami 2.524 tup umumiy sof og‘irligi 19.434 grammga teng bo‘lgan ko‘knor giyohvandlik vositalarini kelgusida o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, qonunga xilof ravishda saqlab kelinayotganligi, bundan tashqari, 4 tup kannabis va 2 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simliklari qonunga xilof ravishda ekilib, parvarishlanganligi aniqlangan.
Shuningdek, R.R.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uyning yashash xonasida turli xil o‘ramlarda bo‘lgan yashil, sarg‘ish va binafsha ranglardagi, o‘ziga xos o‘tkir hidli, umumiy sof og‘irligi 1.284 grammga teng bo‘lgan quritilgan “ko‘knor” giyohvandlik vositalari aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli ravishda hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan Shofirkon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan R.R., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga tayyorgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
07:49 / 16.12.2024
6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
16:04 / 29.11.2024
3 yoshli bolaning qotili 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
20:03 / 19.11.2024
“Ko‘p kayf qilib yuborganman” - 3 yashar bolaning qotili o‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganini aytdi
21:47 / 15.11.2024