Fan-texnika | 20:03 / 27.05.2020
6067
4 daqiqa o‘qiladi

Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlarda qo‘ng‘iroqqa avtorizatsiya qilinmasdan ulanishga ruxsat berishdi

Foto: Odnoklassniki

Odnoklassniki ovozli va video qo‘ng‘iroqlari xizmatlarining imkoniyatlarini kengaytirdilar: endi ijtimoiy tarmoqda avtorizatsiya qilinmagan suhbatdoshlarni qo‘ng‘iroqlarga taklif qilish havolasi orqali ulash mumkin. Mehmonlar qo‘ng‘irog‘iga kirish xizmati OK ning desktop versiyasida, shuningdek iOS va Android mobil ilovalarida paydo bo‘ldi.

Qo‘ng‘iroqni yoki guruh konferensiyasini yaratish uchun faqat qo‘ng‘iroq tashabbuskori ijtimoiy tarmoqqa kirishi kerak, qolgan suhbatdoshlari esa havolaga ko‘ra taklif qilinishi mumkin. 

Ijtimoiy tarmoq jamoasi, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish sharoitida, oila a'zolari va do‘stlari bilan aloqa o‘rnatishi, shuningdek, hech qanday cheklovlarsiz masofadan turib hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi uchun foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi.

OK qo‘ng‘iroq platformasi sun'iy intellekt asosida ishlaydi — ijtimoiy tarmoqning ko‘p millionli auditoriyasida dinamik ravishda o‘qitilgan neyron tarmoq rasm va ovozning sifati uchun javobgardir. Buning yordamida suhbat qaysi platformadan, ya'ni  ijtimoiy tarmoq desktopi yoki mobil ilovalar versiyasidan qat'i nazar har bir keyingi qo‘ng‘iroqning sifati avvalgisidan yaxshiroq bo‘ladi. Shu bilan birga, qo‘ng‘iroqlar davomiyligi cheklanmagan va bir vaqtning o‘zida 100 tagacha odam guruh qo‘ng‘irog‘iga ulanishi mumkin.

Veb-versiyada OK-ga havola bilan qo‘ng‘iroqni yaratish uchun tashabbuskor «Xabarlar» bo‘limidagi «Qo‘ng‘iroqni boshlash» tugmasini bosishi, odamlarni qo‘ng‘iroqqa qo‘shish va ijtimoiy tarmoqlardagi suhbatdoshlarga yuborish yoki biron-bir tashqi xizmatdan foydalanish imkoniyatini ishlatib, havolani olishi kerak. Mobil ilovalarda  «Xabarlar» bo‘limidagi «Qo‘ng‘iroqlar» tugmasida qo‘ng‘iroq yaratish mumkin.

Agar suhbatdoshning Odnoklassnikida akkaunti bo‘lmasa yoki avtorizatsiya qilinmagan bo‘lsa, havolani bosgandan so‘ng, u qo‘ng‘iroqqa mehmon sifatida qo‘shilish uchun ismini ko‘rsatishi kifoya.

Pandemiya davrida OK ga qo‘ng‘iroqlar soni 39 foizga oshdi va ular ushbu davrdagi eng tez rivojlanayotgan ijtimoiy tarmoq xizmatlardan biriga aylandi. Eng yuqori darajadagi guruh qo‘ng‘iroqlari soni kuniga 70% ga va 5 va undan ortiq kishidan iborat konferensiyalar to‘rt martaga oshdi.

2018 yildan boshlab «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i 100 tagacha ishtirokchini ulash, ekran taqdimoti funksiyasi, qo‘ng‘iroqlarni yozib olish va jonli efir orqali uzatish, shuningdek mobil ilovalarda gaplashayotganda AR maskalaridan foydalanish va fonni xiralashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘zining server konferens aloqa protokoli bilan ovozli va video qo‘ng‘iroqlar uchun platforma va texnologiyalarni ishlab chiqmoqda.

Mavzuga oid