Kosmik sayohatlar davri boshlandimi? Tarixda ilk bor fazogirlar xususiy kompaniya kemasida fazoga parvoz qildi
31 may kuni Toshkent vaqti bilan 00:22 da SpaceX kompaniyasi Crew Dragon kosmik kemasida kosmosga ikki fazogirni uchirdi.
Parvoz dastlab 27 may kuniga mo‘ljallangandi, ammo ob-havo noqulay bo‘lgani uchun parvozga 15 daqiqa qolganida kosmik kema uchirilishi boshqa kunga qoldirilgandi.
Crew Dragon kosmik kemasi Falcon 9 tashuvchi raketasidan ajralib, orbitaga muvaffaqiyatli chiqdi.
Faxriy astronavtlar Daglas Xarli va Robert Benken o‘tirgan Crew Dragon kemasini orbitaga olib chiqqan Falcon 9 raketasi Atlantika okeanidagi “Of Course I Still Love You” platformasiga qaytib kelib qo‘ndi.
AQSh 2011 yildan beri kosmosga odam uchirish imkoniyatiga ega bo‘lmay kelayotgan edi. Chunki shu yili fazogirlarni Xalqaro kosmik stansiyaga jo‘natish bilan shug‘ullangan "Space Shuttle" dasturi to‘xtatilgan.
Liftoff! pic.twitter.com/DRBfdUM7JA
— SpaceX (@SpaceX) May 30, 2020
Shu paytgacha AQSh astronavtlari kosmosga Rossiyaning "Soyuz" kemasida uchmoqda.
Voqeaning yana bir tarixiy ahamiyati shundaki, insoniyat ilk bor kosmosga odamzodning xususiy kompaniya tomonidan uchirilishiga guvoh bo‘lmoqda.
SpaceX 2002 yilda Tesla Motors rahbari Ilon Mask tomonidan kosmosga parvoz qilish xarajatlarini qisqartirish va Marsni odamlar yashaydigan koloniyaga aylantirish maqsadida tashkil etilgan.
Kompaniya Falcon 1, Falcon 9 va Falcon Heavy tashuvchi raketalar hamda Dragon kosmik kemasini ishlab chiqargan.
Mavzuga oid
22:21 / 17.12.2024
SpaceX raketasi yangi avlod GPS sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
20:07 / 16.12.2024
WSJ: Ilon Mask o‘z kompaniyasi AQSh harbiylari va razvedka topshirig‘i bilan kosmosga nimalar jo‘natayotganini bilmaydi
22:55 / 11.12.2024
Ilon Mask 400 milliard dollardan ortiq boylikka ega dunyodagi birinchi odamga aylandi
17:20 / 20.11.2024