Aripov va Boronov muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar aybdorlarni javobgarlikka tortishga kelishib oldi
Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakatning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida yuz bergan mojaro muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov bilan Botken viloyatidagi «Chechme-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktida uchrashdi. Uchrashuvda DXX raisi Abdusalom Azizov va Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ham ishtirok etgan.
Qirg‘iziston hukumati saytida xabar qilinishicha, uchrashuv chog‘ida kecha ikki mamlakatning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida yuz bergan mojaro muhokama qilindi.
Tomonlar davlat chegarasining O‘zbekiston-Qirg‘iziston qismida sodir bo‘lgan voqeadan afsusda ekanini bildirib, vaziyatni to‘g‘rilash, uning yanada keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik va chegara hududlaridagi holatni yumshatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rishga chaqirishdi.
Ikki davlatning ilgari erishilgan kelishuvlarga sodiqligi va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga konstruktiv yondashuvi alohida qayd etilgani aytiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov ikki tomonlama hamkorlik va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv natijasida tomonlar birgalikda tergov-surishtiruv tadbirlarini o‘tkazishga va aybdorlarni javobgarlikka tortishga kelishib oldilar, deyiladi xabarda.
Avvalroq, O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi mojaro oqibatida 25 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024